Qabul

Ixlos School'ga qabul: 1–11-sinf

O'quvchilar matematika va ingliz tili fanidan test hamda psixolog bilan suhbat asosida qabul qilinadi. Bu sahifada qabul, o'qish va to'lov tartibi haqida asosiy ma'lumotlar jamlangan.

01

Kimlar qabul qilinadi

1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar. 1–4-sinflarda rus va o'zbek guruhlari mavjud.

02

Qabul imtihoni

O'quvchilar matematika va ingliz tili fanidan test hamda psixolog bilan suhbatdan o'tadi. Qabul qilinish uchun kamida 60 ball to'plash kerak.

03

Guruhlar va o'qish tili

1–4-sinflarda fundamental ta'lim rus va o'zbek guruhlarida olib boriladi. O'quvchilar bilim darajasiga ko'ra A, B, C guruhlarida o'qiydi, guruhlar har haftalik imtihon natijasiga qarab yangilanadi.

04

To'lov va stipendiya

To'lov ikki usulda amalga oshiriladi: yillik yoki oyma-oy. Choraklik natijalarga ko'ra yuqori ko'rsatkichga ega o'quvchilar oylik stipendiya asosida o'qiydi. To'lov summasi haqida ma'lumot olish uchun ariza qoldiring.

05

Bitiruvchilar nima oladi

Bitiruvchilarga IELTS'dan kamida 5.5 ball kafolatlanadi, shahodatnoma bilan birga mutaxassislik diplomi taqdim etiladi. 10–11-sinflarda Buxgalteriya va IT yo'nalishlari, xalqaro ACCA va SAT dasturlari o'qitiladi.

06

Kun tartibi va qulayliklar

Darslar dushanbadan jumagacha 08:30–17:30. Kuniga 3 mahal ovqat, uzoqdan qatnovchilar uchun maktab avtobusi, yuqori xavfsizlik va maxsus maktab formasi. Barcha to'garaklar bepul.

Qabul muddati, hujjatlar ro'yxati va to'lov summasi haqida ma'lumot olish uchun ariza qoldiring — maktab siz bilan bog'lanadi. Maktab haqida umumiy ma'lumot

IXLOS SCHOOL Ariza qoldirish

Farzandingiz ta’limi shu yerdan boshlanadi.

Ariza qoldiring. Qabul bo‘yicha sizga qo‘ng‘iroq qilamiz.

Telefon orqali bog‘lanish

+998 78 113 36 00

Ariza qoldirish

+998 78 113 36 00